5 items
O'zbek matnini lotin, kirill va yangi alifbo (2027) o'rtasida o'giring. Matn brauzeringizdan chiqmaydi. O'zbek matnini lotin, kirill va yangi alifbo (2027) o'rtasida o'giradi — istalgan saytda, sahifadan chiqmasdan. YANGI: 2027-YILGI YANGI LOTIN ALIFBOSI • 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradigan alifboga bir bosishda o'giring: sh → ş, ch → ç, g' → ğ, o' → ö • Lotin yoki kirill yozuvidagi matn ham, yarim o'girilgan hujjat ham to'g'ri chiqadi • Popup'da «Yangi lotin»ni tanlang — sahifadagi panel va Ctrl+Shift+L ham shu alifboda ishlaydi IMKONIYATLAR • Istalgan veb-sahifada matnni tanlang — yonida kichik tugma chiqadi • O'ng tugma menyusidan ham ishlaydi • Ctrl+Shift+L (Mac: ⌘+Shift+L) — tanlangan matnni o'girib, darhol nusxalaydi • Tahrirlanadigan maydonda «Almashtirish» tugmasi matnni joyida almashtiradi • Yo'nalish avtomatik aniqlanadi: kirillcha matn lotinga, lotincha kirillga • Panelni istagan joyingizga surib qo'yishingiz mumkin • Yorug' va qorong'i rejim ANIQ O'GIRADI O'zbek imlosining murakkab joylari hisobga olingan: sh va ch chegarasi (ishchi → ишчи), tutuq belgisi (san'at → санъат), -tsiya qo'shimchasi (informatsiya → информация). Havolalar, e-pochta manzillari va kod o'zgarishsiz qoladi. MAXFIYLIK: matningiz brauzeringizdan chiqmaydi. O'girish butunlay qurilmangizda bajariladi, hech qanday serverga yuborilmaydi. Internetsiz ham ishlaydi. Word yoki PDF faylni o'girish (to'liq versiya): https://webiston.uz/tools/latin-cyrillic Yangi alifbo haqida batafsil: https://webiston.uz/tools/yangi-alifbo
rating_count is the Chrome Web Store ratings count, not a written-review count.